Peru g‘arbida avtobusning qoyadan qulashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda dushanba kuni La Republica gazetasi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda Uanuko shahridan Limaga ketayotgan avtobusda 76 kishi bo‘lgan. Jabrlanganlarning 12 nafari jarohatlari og‘irligi sababli kasalxonaga yotqizilgan.
Yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi transport kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng jarlikdan qulagan.