Yakshanba kuni «Manchester Siti» finalda «Arsenal»ni (2:0) mag‘lub etib, Angliya Liga kubogi sohibiga aylandi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «kanonirlar»ni Yevropaning ayni damdagi eng kuchli uchta jamoasidan biri deb hisoblashini tan oldi.
«Arsenal», «Bavariya» va ehtimol «Barselona» — ayni damda Yevropaning eng yaxshi jamoalari hisoblanadi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Gvardiola tilga olgan ushbu uchta jamoaning barchasi Chempionlar ligasining 1/4 finalida ishtirok etadi. «Manchester Siti» esa eng nufuzli yevrokubokdagi ishtirokini allaqachon yakunlagan — ular 1/8 finalda Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berishgan edi.