Nashrning yozishicha, o‘tgan oy Pentagonning siyosiy boshqarmasi rahbari tomonidan e’lon qilingan memorandum AQSh Mudofaa vazirligiga Ukrainaga mo‘ljallangan ayrim qurol-aslaha va texnikani mamlakat qurolli kuchlari zaxirasiga qaytarish imkonini beradi.
"Bu keskin burilishni anglatadi. Avval Ukrainaga ajratilgan milliardlab dollarlar Qo‘shma Shtatlarning kamayib borayotgan qurol zaxiralarini to‘ldirishga yo‘naltirilishi mumkin", deyiladi xabarda.