Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Pentagon Suriyadagi harbiy ishtirokni qisqartirishini e’lon qildi, bir necha oydan so‘ng u yerda ming nafardan kam askar qoladi

Pentagon Suriyadagi harbiy ishtirokni qisqartirishini e’lon qildi, bir necha oydan so‘ng u yerda ming nafardan kam askar qoladi

"AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Amerika qo‘shinlarini Suriyada “tanlab olingan joylarda” jamlashni buyurdi", deyiladi Pentagon bayonotida.

Ta’kidlanishicha, bu “rejalashtirilgan va sharoitga bog‘liq tarzda olib boriladigan jarayon” hisoblanadi.

"Qo‘shma Shtatlarning Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashi “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik guruhi ustidan olib borilgan kampaniyaning muvaffaqiyati bilan bog‘liq bo‘lib, 2019 yildan beri bu guruh nazorati ostida hech qanday hudud qolmagan", deb yozadi BBC.

"Prezident Trampning kuch orqali tinchlikka erishish tamoyiliga sodiq qolgan holda, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Suriyada ISHID qoldiqlariga qarshi zarbalarni davom ettirishga tayyor bo‘ladi", deyiladi AQSh Mudofaa vazirligi bayonotida.

Kiritildi: 12:16 19.04.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!