Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pentagon rahbari Putinning strategiyasini baholadi

Pentagon rahbari Putinning strategiyasini baholadi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin «Ramshteyn» formatidagi aloqa guruhining yig‘ilishidan so‘ng Vladimir Putin «Ukrainada 19-asr miqyosidagi urush strategiyasidan foydalanayotganini» aytdi.

«Putin qo‘shinlari Ukrainaning suveren hududini egallash uchun yangi operasiyalarni boshladi, ular qishloqlarni egallab olmoqda, begunoh fuqarolarni o‘ldirmoqda, shuningdek to‘g‘onlar va elektr stansiyalarini bombardimon qilmoqda», dedi Ostin.

Unga ko‘ra, Kreml rahbari Ukraina qulab, Ramshteyn guruhi parchalanishiga umid qilmoqda.

«Ammo u adashyapti. Putin 2024 yilda 19-asr miqyosida urush olib borishga harakat qilmoqda - bu yomon strategiya», - deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 09:50 21.05.2024. O'qildi: 1716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!