Pentagon rahbari Pit Xegset payshanba kuni NATO'ni yana real jangovar imkoniyatlarga ega bo‘lgan "kuchli harbiy alyans"ga aylanishga chaqirdi.
"NATO 3.0 — bu real harbiy imkoniyatlar va tiyib turish qobiliyatlariga ega bo‘lgan haqiqiy kuchli harbiy alyans tuzishga qaytishi kerak bo‘lgan modeldir", — dedi u Bryusselda.
Xegset alyans Yevropa xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rolni o‘z zimmasiga olishi kerakligini qo‘shimcha qildi.