Rossiya NATOning Ukraina mojarosiga aralashishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmaydi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
"Rossiya bu turdagi raqobatga kirishmoqchi emas. Hech kim Rossiya va alyans o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rishni xohlamaydi", dedi Lloyd Ostin.
Shuningdek, Pentagon rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muloqotda AQSh ma’muriyati G‘arbning qurol-yarog‘ yetkazib berilishini nazorat qilish muhimligini ta’kidlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rasmiylari qurollar noto‘g‘ri qo‘llarga tushmasligini diqqat bilan kuzatishi kerak.