Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pentagon AQSh Qurolli Kuchlari rahbariyatini qisqartirishni rejalashtirmoqda

Pentagon AQSh Qurolli Kuchlari rahbariyatini qisqartirishni rejalashtirmoqda

Pentagon AQSh Qurolli Kuchlari rahbariyatini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanal manbalariga ko‘ra, Pentagon rahbariyati Yevropa (EUCOM) va Afrika (AFRICOM) qo‘mondonliklarini Germaniyaning Shtutgart shahrida yagona bo‘linma sifatida birlashtirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Shimoliy (NORTHCOM) va Janubiy (SOUTHCOM) qo‘mondonliklarini AMERICOM nomli yangi tuzilmaga qo‘shish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, qo‘shma qo‘mondonliklarni tayyorlash va o‘qitish uchun mas’ul bo‘lgan boshqarmani tugatish hamda Yaponiyadagi amerikalik harbiy kontingentni ko‘paytirishni to‘xtatish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 16:20 20.03.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!