Pensiya jamg‘armasida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish, ma’lum vaqtlarini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish yuzasidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.
✔️ Xususan, tizimda keyingi yillarda bir qancha qonun va qarorlar qabul qilinib, pensiya va nafaqa oluvchilar uchun turli qulaylik va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori qabul qilindi.
🗣 Unga ko‘ra pensiya to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatib turishga elektron ariza yuborish xizmati joriy etildi.
✅ Bunda, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tartibga ko‘ra, fuqaro pensiyani to‘xtatib turish uchun faqatgina Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin edi. Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi.
✅ 1. Davlat xizmatlaridan foydalanishda haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YAIDXP orqali murojaat etish mumkin.
✅ 2. Davlat xizmatlari ko‘rsatish 5 soniyada amalga oshiriladi.
✅ 3. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.
Bu esa o‘z navbatida aholining hamda keksa yoshdagi fuqarolarning mushkulini oson qilishda, mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etishda xizmat qiladi.