Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Pekin Olimpiadasi uchun chiptalar sotilmaydi

Pekin Olimpiadasi uchun chiptalar sotilmaydi

2022 yilgi Pekin qishki Olimpiya o‘yinlari uchun chiptalar sotuvga chiqarilmaydi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasiga tayanib xabar bermoqda. Chiptalarning ma’lum guruhlarga tarqatilishi kutilmoqda.

Avvalroq, koronavirus pandemiyasi sababli musobaqaning xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan edi. Xitoylik muxlislarning tribunaga kiritilishi hali rasman e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Pekin Olimpiadasi 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:00 18.01.2022. O'qildi: 2935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!