Pedro “Lasio” Yevropa Ligasida g‘olib chiqsa, Trevi favvorasiga sakrashga va’da berdi.
"Mening orzum - nafaqaga chiqishdan oldin bu yerda sovrin yutish. Men dunyodagi eng baxtli odam bo‘lardim. Biz Yevropa ligasida g‘alaba qozonish uchun kurashayotgan jamoalardanmiz, biz turnir jadvalida birinchi o‘rindamiz va turnirda g‘alaba qozonishimiz mumkin.
Yangi formula bizga sakkizlikka kirishimizni osonlashtiradi, chunki Chempionlar ligasidan tushib ketgan jamoalar bo‘lmaydi. Keyin ikkita o‘yinli pley-off va "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi eng kuchli jamoalar bo‘ladi. Endi bizni "Ayaks" maydonida qiyin o‘yin kutib turibdi, yo‘l uzoq, ammo harakat qilishimiz kerak.
Agar g‘alaba qozonsangiz, qanday va’da berasiz?
"Agar menga ruxsat berishsa va hibsga olishmasa, Trevi favvorasiga sakrashga tayyorman" - dedi "Lasio" vingeri kulib.
Trevi - Rimdagi eng katta favvora, shaharning markaziy qismida joylashgan, Italiyaning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri.