Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Pedagoglarning navbatdagi (majburiy) attestasiyasi uchun yig‘im bekor qilinadi — prezident farmoni loyihasi

Pedagoglarning navbatdagi (majburiy) attestasiyasi uchun yig‘im bekor qilinadi — prezident farmoni loyihasi

Bugun AOKAda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyevning qayd etishicha, pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestasiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Navbatdan tashqari, ya’ni o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestasiyadan o‘tkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ta’lim inspeksiyasi rahbarining ta’kidlashicha, ushbu yangilik o‘qituvchi-murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. Amaldagi tartib bo‘yicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yig‘im undirilayotgan edi.

Kiritildi: 16:08 24.10.2020. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!