Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Pedagoglar uchun attestasiya va ustama haq to‘g‘risida yangi tartiblar belgilandi

Pedagoglar uchun attestasiya va ustama haq to‘g‘risida yangi tartiblar belgilandi

Asosiy o‘zgarishlar:

- Attestasiyada 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70% miqdorida ustama to‘lanadi;
- Ustama ikki yil davomida faqat oliy va birinchi malaka toifasiga ega (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi;
- 2024 yildan boshlab maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarining psixologlari ham attestasiyadan o‘tadi.

Attestasiyadan ozod qilinadigan pedagoglar (2025 yil 1 sentyabrga qadar):
- Oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan va uni 15 yil davomida saqlab kelganlar;
- 25 yil va undan ko‘p pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
- Pensiya yoshiga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolganlar
- Pensiya yoshida bo‘lgan pedagoglar.

Malaka toifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri oluvchilar:
- 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglar;
- Pensiya yoshiga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolganlar (mavjud malaka toifasi saqlanadi);
- Oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan va uni 15 yil davomida saqlaganlar.

2025-2026 o‘quv yilidan attestasiyaga jalb etiladiganlar:
- Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari;
- Pensiya yoshidagi pedagoglar;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar.

Bu o‘zgarishlar pedagoglarning malakasini oshirish va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Kiritildi: 04:20 01.03.2025. O'qildi: 5244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!