Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Payariqda 3 gektar yerning noqonuniy sotib yuborilishining oldi olindi

Payariqda 3 gektar yerning noqonuniy sotib yuborilishining oldi olindi

Payariqlik mahalliy fuqaro uzumchilik-bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish maqsadida tuman hududidan yer maydoni sotib olmoqchi bo‘ladi va Nakurt mahallasida yashovchi, tuman hokimiyati balansidagi yerdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgan fuqaro E.R. bilan tanishib qoladi.

E.R. esa o‘z navbatida, 3 gektar lalmi yer maydoni borligini ishontirib, uning har bir gektarini 60 mln. so‘mga sotmoqchi ekanligi, 900 AQSh dollari evaziga esa mahalliy fuqaroni nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qiladi.

Payariqda 3 gektar yerning noqonuniy sotib yuborilishining oldi olindi

DXX Samarqand viloyat boshqarmasi, IIB, prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda E.R. mahalliy fuqarodan 180 mln. so‘m va 900 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda E.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:34 15.05.2022. O'qildi: 2453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!