Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Paxtakor" o‘z yetakchisi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" o‘z yetakchisi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi

O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachilaridan biri Hojiakbar Alijonov navbatdagi ikki mavsumda ham "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.

Alijonov yangidan quriladigan "Sherlar"ning muhim ijrochisi hisoblanadi va futbolchi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetdi.

Shartnomaning uzaytirilishi haqida himoyachining o‘zi shunday dedi:

- "Paxtakor" bilan men 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Keyingi yillarda ham jamoa meni o‘z safida ko‘rishni istagani quvontirdi. Yangi murabbiy bilan, nafaqat "Paxtakor", balki O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham foyda keltiradigan holatda mavsumni o‘tkazaman deb o‘ylayman. Oldimizda Chempionlar Ligasining ikkita o‘yini bor va bizda hali guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolingan. Endi bor e’tiborni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan ikkita muhim bahsga qaratamiz. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat, men Sizlar bilan!

Kiritildi: 12:43 24.12.2024. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!