Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Paxtakor" "Olimpik"ning ikki futbolchisini transfer qildi

"Paxtakor" "Olimpik"ning ikki futbolchisini transfer qildi

“Paxtakor” klubi Otabek Jo‘raqo‘ziyev va Ibrohim Ibragimovning transferini e’lon qildi. Bu haqda “Paxtakor” klubi matbuot xizmati o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Otabek Jo‘raqo‘ziyev “Olimpik” safida 11 uchrashuvda qatnashgan. Uchrashuvlarning 10 tasini boshlang‘ich tarkibda boshlagan futbolchi 2 bora raqiblar darvozasiga yo‘l topgan va bir bor golga assistentlik qilgan. Futbolchi "sherlar" tarkibida 30-raqam ostida harakat qiladi.

Ibrohim Ibragimov "Olimpik" tarkibida joriy mavsum 4 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Futbolchi “Paxtakor” safida 9-raqamda harakat qiladi.

Kiritildi: 14:38 06.07.2024. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!