Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Paxtakor" klubi to‘laligicha Toshkent shahar hokimiyatiga o‘tdi

"Paxtakor" klubi to‘laligicha Toshkent shahar hokimiyatiga o‘tdi

"Paxtakor" jamoasi bugundan boshlab to‘laligicha  Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli. Bu haqda jurnalist Alisher Nikimbayev telegram kanalida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "SFI Management Group" kompaniyasi "Paxtakor"ning 80 foiz aksiyasidan voz kechdi. Endi bu aksiyalar Toshkent shahar hokimiyatiga o‘tdi. Jamoaning qolgan 20 foiz aksiyasi ham Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli edi. 

Shunday qilib, "sherlar" endi shahar hokimiyatiga qarashli klubga aylandi. Ma’lumot uchun, 2017 yil aprel oyigacha ham "Paxtakor" shahar hokimiyatiga tegishli edi.

Kiritildi: 15:03 08.05.2021. O'qildi: 4083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!