Huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishli bo‘lgan, 2024 yilgi mavsumning ikkinchi davrasini "Paxtakor"da o‘tkazgan Mahmud Mahamadjonov "sherlar"ning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
"Paxtakor"ning transfer huquqini "Bunyodkor"dan sotib oldi. Pedru Moreyraning istagiga ko‘ra qanot himoyachisi joriy mavsumni ham "sherlar" safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi.
"Bunyodkor" meni tarbiyaladi, buning uchun ularga katta rahmat! "Paxtakor" esa menga qayta imkoniyat berdi. Endi bor e’tiborimni bir jamoaga qarataman. Maqsadim, faoliyatimdagi ilk chempionlikka erishish. Menga ishonch bildirgan bosh murabbiy va klub rahbariyatiga rahmat aytaman", - deydi 2003 yilda tavallud topgan futbolchi.