Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Paxta ekilgan maydonni buzgan fermer qo‘lga olindi

A A A
Paxta ekilgan maydonni buzgan fermer qo‘lga olindi

Quyichirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Umarxon Yusuf agro lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari X.Saydullayev paxta xom-ashyosi yetishtirish rejalashtirilib, chigit ekilgan 6,5 gektar yer maydonini boshqa ekinlar ekish maqsadida o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagani fosh bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy saytida qayd etilishicha, olib borilgan o‘rganishlar natijasida, shuningdek, “Mahkam Agro fayz” fermer xo‘jaligi rahbari M.Ibragimov paxta ekishga ajratilgan 9 gektar yer maydonini fuqaro R.Boqiyevga ushbu yer sabzavot hamda dukkakli ekinlar ekish uchun mo‘ljallangan yerligiga uni ishontirib, firibgarlik yo‘li bilan 9 mln. so‘mga sotgani hamda “Rustam I” chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari R.Sharapov chorva mollariga ozuqa ekishga ajratilgan 23 gektar yer maydonini fuqarolarni aldab, firibgarlik yo‘li bilan jami 39 mln. so‘mga sotganligi holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Quyichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:27 22.05.2018. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik