Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan uch kunlik tashrif bilan Fransiyaga bordi va u yerda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan uchrashadi.
Bundan tashqari, Armaniston rahbari Xalqaro frankofoniya tashkiloti sammitida ishtirok etishi qayd etilgan.
Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berishicha, tashrif 3-oktabrdan 5-oktabrgacha davom etadi.