Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Parijda kuchli yomg‘ir tufayli parlament binosi suv ostida qoldi

Parijda kuchli yomg‘ir tufayli parlament binosi suv ostida qoldi

Parijning 7-okrugida deputatlarni qabul qilish xonalari joylashgan Milliy assambleya (Fransiya parlamentining quyi palatasi) binosi kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qoldi. Bu haqda "TASS" yozmoqda.

BFMTV telekanali parlament a’zolari va ularning yordamchilarini binodan evakuasiya qilishga to‘g‘ri kelganini xabar qildi. Qayd etilishicha, bu yaqin orada 2025 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yiladigan parlament ishini murakkablashtirgan.

Parijda "Kirk" sikloni tufayli ob-havo xavfliligining favqulodda (to‘q sariq) darajasi joriy etildi.

Kiritildi: 16:39 10.10.2024. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!