Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Parijda kuchli yomg‘ir paytida bir kishi halok bo‘ldi

Parijda kuchli yomg‘ir paytida bir kishi halok bo‘ldi

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli to‘q sariq rangli ogohlantirish e’lon qilingan Parijda daraxt qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki bola jarohat oldi.

Bu haqda Parisien nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Fransiya poytaxtining 19-okrugida sodir bo‘lgan.

"Bir erkak va ikki bola yo‘l bo‘ylab ketayotganda daraxt yo‘lga qulab tushdi. Erkak og‘ir tan jarohati oldi va vafot etdi", - deya ma’lum qildi poytaxt polisiyasi prefekturasi.

Qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, marhumning yonida maktabdan olib ketayotgan ikkita qizaloq bo‘lgan. Jarohatlangan bolalarga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:58. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!