Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Parijda FIFA Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Parijda FIFA Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda. Mazkur yirik sport tadbirida turli nufuzli tashkilot mutasaddilari ham mehmon bo‘lib turibdi va ular turli xil tadbir, uchrashuvlarda qatnashmoqda.

FIFA prezidenti Janni Infantino Parijda joylashgan tashkilot ofisida O‘zbekiston delegasiyasi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashgan. J.Invantino bu haqda o‘zining “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida quyidagicha xabar chop etgan.
“O‘zbekiston Markaziy Osiyoda FIFA doirasidagi xalqaro musobaqani qabul qiladigan birinchi davlat bo‘ladi. Mamlakat 14 sentyabrdan 6 oktyabr kuniga qadar futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Men ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishdagi ulkan ishlar uchun ushbu mamlakat mutasaddilariga o‘z minnatdorligimni bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi O‘zbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini ko‘rsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va go‘zal turnir mezbonligini kutmoqdaman”.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, FIFA prezidenti o‘zining xabarida shuningdek, Parij shahridagi uchrashuv davomida O‘zbekistonga FIFA Futzal jahon chempionati rasmiy kubogini topshirganini qayd etgan. Bundan tashqari, Parijda joylashga ofisdagi muzey haqida aytib, u yerda Ravshan Ermatovning hakamlik davridagi eksponatni ko‘rish yoqimli bo‘lganini ta’kidlab o‘tgan.

Kiritildi: 09:11 31.07.2024. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!