O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini tarixiy natija bilan yakunladi.
O‘zbekistonlik sportchilar Parij Olimpiyadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
2024 yilgi Olimpiyadada O‘zbekiston medallar bo‘yicha MDH davlatlari, Islomiy davlatlar, Turkiy xalqlar va O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Osiyoda esa Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni qayd etdi. Dunyo bo‘yicha esa O‘zbekiston olimpiyachilari 13-o‘rinni egalladi.
Parij-2024 Olimpiyadasida quyidagi sportchilarimiz medallar bilan qaytishmoqda:
🥇Diyora Kedliyorova (dzyudo)
🥇Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)
🥇Hasanboy Do‘stmatov (boks)
🥇Abdumalik Halokov (boks)
🥇Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks)
🥇Lazizbek Mullajonov (boks)
🥇Bahodir Jalolov (boks)
🥇Razambek Jamalov (erkin kurash)
🥈Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika)
🥈Svetlana Osipova (taekvondo)
🥉Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo)
🥉Alisher Yusupov (dzyudo)
🥉G‘ulomjon Abdullayev (dzyudo)