Yoqutxon Xolbekova kumush medal, Temur Giyazov Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziyani qo‘lga kiritdi.
Kecha Parijda davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyati o‘tdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan vakilimiz Temur Giyazov 1 metr 97 sm natija qayd etgan holda 4-o‘rinni egalladi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziyani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5 metr 54 sm natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.