12 oktyabr soat 21:05 da Xorazm viloyati FVBning 1050 qisqa raqamiga, Qo‘shko‘pir tumani Yovg‘ir mahallasi Zamaxshariy ko‘chasidagi aholi xonadonlarining birida deraza oynasi panjarasiga yosh bola qisilib qolganligini, uni chiqarib olish uchun amaliy yordam kerakligi yuzasidan chaqiruv tushdi.
Mazkur xabar bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani FVB yong‘in-qutqaruvi xodimlari zudlik bilan manzilga yetib borib, bolakayni maxsus-asbob anjomlar yordamida sog‘-salomat chiqarib oldi. Qutqaruvchilar tomonidan bolakayga psixologik yordam ko‘rsatilib, onasiga topshirildi.
Bolakay uyda yolg‘iz qoldirilib, ustidan qulflanib ketilganligi bois tashqariga chiqishga harakat qilgan. Buning oqibatida deraza panjarasiga qisilib qolgan. Aholiga go‘daklarni yolg‘iz qoldirish noxush oqibatlarga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz. Farzandingizga e’tiborli bo‘ling.