Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga yordam ko‘rsatgan hamyurtimiz Haj safariga navbatsiz otlandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga yordam ko‘rsatgan hamyurtimiz Haj safariga navbatsiz otlandi
Haj ziyorati har bir musulmonning orzusi. Lekin O‘zbekistonga ajratilgan Haj kvotalari oshirilganiga qaramay, muqaddas ziyorat orzusida bo‘lgan minglab fuqarolar navbat kutib qolishmoqda. Bugun navbatsiz Hajga otlanayotgan fuqarolar buni qanday uddalashmoqda?
 
2017-2018 yillarda diniy ekstremistik guruhlarga aloqador bo‘lgan (159-modda) va nazorat ro‘yxatiga olingan 2273 nafar shaxs to‘liq reabilitasiya qilinib, maxsus ro‘yxatdan chiqarilgan. Shu jumladan, 17-20 yil mobaynida ozodlikdan mahrum bo‘lgan 181 nafar fuqaro o‘z oilasi bag‘riga qaytgan. Bu fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashishi va ish bilan ta’minlanishida muammo bo‘lishi tabiiy. 
 
Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishga joylashishda yoki yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ularga moliyaviy yordam ko‘rsatgan shaxslarga Hajga navbatsiz borishda yordam ko‘rsatilishi belgilangan edi. Ana shunday yurtdoshlarimizdan biri qamoq jazosini o‘tab qaytgan ikki nafar fuqaroga moliyaviy yordam ko‘rsatdi. 
 
Yunusobod tumani, “Yunusobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Nozimbek Hakimovga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun dastlab 15 mln. so‘m miqdorida mablag‘ zarur edi. Shuningdek, Uchtepa tumani, “Xurshid” mahallasida istiqomat qiluvchi Hikmat Ahmedov sartaroshlik kasbini davom ettirish maqsadida zarur asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 3 mln. so‘m mablag‘da yordam berishni so‘ragan. Mazkur vaziyatdan xabar topgan bir hamyurtimiz (ismini sir tutishni ma’qul ko‘rdi) o‘z xohishi va tashabbusi bilan ularga yordam ko‘rsatdi. 
 
“Hamyurtlarimiz orasida savobli ishlarga bosh qo‘shadigan insonlar ko‘p. Vaqtida turli sabablar bilan adashib yot oqimlarga qo‘shilib qolgan fuqarolar bugun afv etilib yoki jazo muddatlarini o‘tab ijtimoiy hayotga qaytmoqda. Ular ijtimoiy hayotimizdan chekkada qolib ketishlari kerak emas. Ularga hayotda o‘z yo‘llarini topishda, ishga joylashishda yordam ko‘rsatish aslida barchamizning vazifamizdir”, deydi Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov. 
 
O‘zgalarning taqdiriga befarq bo‘lmagan bu kabi fuqarolarimiz ibratga loyiq. 
 
Manba: uza.uz
Kiritildi: 20:33 26.07.2018. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!