Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

“Ozodlik Radiosi” muxbirlari O‘zbekistonda rasman ish boshlashlari mumkin

“Ozodlik Radiosi” muxbirlari O‘zbekistonda rasman ish boshlashlari mumkin

“Ozod Yevropa Radiosi / Ozodlik Radiosi” media korporasiyasi vakillari O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda 31 may kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va “Ozod Yevropa Radiosi / Ozodlik Radiosi” media korporasiyasi prezidenti Jeymi Flay hamda media-korporasiya vakili Pahlavon Turg‘unov bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekistonda axborot sohasini liberallashtirish, so‘z va matbuot erkinligi hamda davlat idoralari ochiqligini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, milliy ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirish bilan birga mamlakatda xorijiy OAVlarning samarali faoliyati uchun ham zarur sharoitlar yaratilgani aytib o‘tilgan.

“Tomonlar uchrashuvda o‘zaro mavjud masalalar, ularni hal etish yo‘llari, shu jumladan “Ozodlik Radiosi” tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan va chop etilayotgan materiallarning O‘zbekiston qonunchiligi va jurnalist etikasi me’yorlariga mos kelishi yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirishdi hamda “ushbu masalalarni bartaraf etish borasida bosib o‘tilishi mumkin bo‘lgan qadamlar” haqida fikr almashishdi”, deyiladi O‘zbekiston tomoni bergan xabarda.

Bundan tashqari, “Ozod Yevropa Radiosi / Ozodlik Radiosi” media korporasiyasi vakillarini respublikada akkreditasiyadan o‘tkazish masalasi ham muhokama qilingan. Ikki tomon akkreditasiya bilan bog‘liq masalalarni navbatdagi uchrashuvlarda ko‘rib chiqishga kelishib olgan.

Kiritildi: 22:13 01.06.2022. O'qildi: 5189 marta. Fikrlar soni: 21 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!