Bugun 9 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilgani uchun pul olganmi? Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilgani uchun pul olganmi? Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekov kiyimlar do‘konini reklama qilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniyat vazirligi bu borada munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, O.Nazarbekov «The Voice of Uzbekistan» loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi sifatida «KINGSMAN UZBEKISTAN» kiyimlar do‘koniga tashrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.

Libos tanlash jarayonida lavhada aytib o‘tilganidek, O.Nazarbekov milliy brend rivoji uchun o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib o‘tgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Ya’ni, bundan O.Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi ko‘zlanmagan.

Kiritildi: 13:01 05.07.2024. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!