Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya: «Bu biz emas»

Rossiya: «Bu biz emas»

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasini Kiyevdagi bolalar kasalxonasiga zarba berishda ayblab, tinch aholi nishonlariga qilingan hujumlarga aloqadorligini rad etdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi «Kiyev rejimining Rossiya tomonidan go‘yoki qasddan raketa zarbasi bergani haqidagi» bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, «Kiyevdan e’lon qilingan ko‘plab fotosuratlar va videolavhalar Ukraina havo hujumidan mudofaa qurilmasining qulashi tufayli vayron bo‘lganligini tasdiqlaydi».

Vazirlik Ukraina ayblovlarini NATO homiylari tomonidan boshlangan "isterika" deb atadi.

❕ Shu bilan birga, Ukraina Bosh prokuraturasi aniqlik kiritishicha, Kiyevga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga, qurbonlar soni esa 37 kishiga yetgan. Yaradorlar va halok bo‘lganlar orasida bolalar va shifokorlar ham bor.

Kiritildi: 21:13 08.07.2024. O'qildi: 3107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!