Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy va Polsha Bosh vaziri ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik shartnomasini imzoladi

Zelenskiy va Polsha Bosh vaziri ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik shartnomasini imzoladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Polsha Bosh vaziri Donald Tusk ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik shartnomasini imzoladi.

Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shartnoma 10 yil muddatga mudofaa va xavfsizlik sohasida o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi. Tomonlar, jumladan, mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Polsha mudofaa kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Ukrainada joylashtirish va mudofaa mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganishga kelishib oldi.

Shuningdek, Kiyev va Varshava Ukraina Qurolli Kuchlari xodimlarini tayyorlash uchun Polsha hududida “Ukraina legioni”ni yaratishga kelishib oldi. Polshada va boshqa mamlakatlarda yashovchi Ukraina fuqarolari ushbu legionga qo‘shilishlari mumkin.

Ukraina shu kungacha Buyuk Britaniya, Germaniya, Islandiya, Daniya, Ispaniya, Shvesiya, Norvegiya, Portugaliya, Belgiya, Latviya, Finlyandiya, Italiya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Niderlandiya va AQSh bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalarini imzolagan.

Kiritildi: 21:28 08.07.2024. O'qildi: 2126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!