Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eldor Shomurodov: Sharafli vazifa ishonilganidan xursand bo‘ldim

Eldor Shomurodov: Sharafli vazifa ishonilganidan xursand bo‘ldim

Eldor Shomurodov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan birgalikda Olimpiadaga borayotganidan mamnun ekanligini, bu sharafli vazifa ekanligini aytib o‘tdi.

“Baribir Olimpiadada qatnashish odamga boshqacha g‘urur bag‘ishlaydi. Olimpiadada ishtirok etish istagim bor edi. Sharafli vazifa ishonilganidan xursand bo‘ldim.

Mashg‘ulotlar ajoyib ketyapti, atmosfera juda yaxshi. Ko‘proq jismoniy tayyorgarlik olib boryapmiz hozir.

Qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. Hamma bir-birini yaxshi tushunib ketdi. Bu yerdagi yigitlarning yarmi bilan terma jamoada birga o‘ynaganmiz.

Vazifamiz — birinchi navbatda, guruhdan chiqish. O‘sha vazifa bajarilgach, keyin medallar bilan O‘zbekistonga qaytmoqchimiz.

Muxlislardan Olimpiadani kuzatishini va bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘rab qolamiz”, — deydi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.

Parij Olimpiadasi 26 iyul kuni start oladi va 11 avgustga qadar davom etadi.

Kiritildi: 07:44 08.07.2024. O'qildi: 2081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!