MHTI ekspertlari oxirgi haftada O‘zbekiston supermarketlarida iste’mol tovarlari narxidagi o‘zgarishni tahlil qildi: tadbirkorlar berilgan imtiyozni iste’molchiga o‘tkazishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PF-41-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining vaqtinchalik nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Tahlil uchun supermarketlardagi 100 turdagi 6486 ta iste’mol tovari bo‘yicha statistika data-scraping yo‘li bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi bo‘yicha narxlar 2023-yil 28-fevral, 31-mart va 7-aprel sanalari uchun solishtirildi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shokolad mahsulotlari mart oyi oxirida fevral oyidagiga nisbatan 204 so‘mga va aprel oyida mart oyi oxiridagiga nisbatan 294 so‘mga, meva-sabzavot konservalari tegishli ravishda 650 so‘mga va 236 so‘mga, yog‘ 1737 so‘mga va 1733 so‘mga, shirinliklar 931 so‘mga va 199 so‘mga arzonlashgan.