Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarboyjon Armaniston droni tutib olinganini ma’lum qildi

Ozarboyjon Armaniston droni tutib olinganini ma’lum qildi

Ozarboyjon Mudofaa vazirligi ikki davlat chegarasidagi Lochin tumanida respublika armiyasi pozisiyalari ustidan razvedka o‘tkazmoqchi bo‘lgan arman kvadrokopterining parvozlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

«28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 17:40 da Armaniston qurolli kuchlari kvadrokopteri Ozarboyjon armiyasining Lochin yo‘nalishida joylashgan pozisiyalari ustidan razvedka parvozlarini amalga oshirishga urindi», deyiladi xabarda.

Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, «navbatdagi uchuvchisiz uchish apparati maxsus texnik vositalar yordamida tutib olingan va hududdan olib chiqilgan».

Kiritildi: 10:39 30.07.2024. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!