Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

Ozarbayjonda 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26 dekabrni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilishga doir qarorni imzoladi.

Motam kuni bugun, 25 dekabr kuni Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan «Embraer 190» yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lgani sababli e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: 01:42 26.12.2024. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!