Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Oynalarni qoraytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat Mening fikrim veb-portalida bir sutkada kerakli ovoz to‘plab bo‘ldi

Oynalarni qoraytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat Mening fikrim veb-portalida bir sutkada kerakli ovoz to‘plab bo‘ldi

Mening fikrim veb portalida jamoat transportlarining oynasini qoraytirishga ruxsat berish bo‘yicha joylangan murojaat bir kunda kerakli ovoz, 10 mingdan ortiq ovozni to‘plab bo‘ldi. 

Murojaatda quyidagilar bayon etilgan. 

Hammamizga ma’lumki, yurtimiz quyoshli o‘lka. Bu holat, ayniqsa, yoz mavsumida harorat 40 darajadan oshgan vaqtlarda avtobuslardagi kondisionerlarning sovutish funksiyasi ishlamay qolganda juda seziladi.

Shu sababli, jamoat transportlari, ya’ni avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalarining oynalarini yorug‘lik o‘tkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha so‘ndirishni taklif qilaman. Tasavvur qiling, odam ko‘p, kun issiq, havo dim, bu yoqdan esa yana jazirama quyosh tik tushib turadi. Bu esa jamoat transportidagi odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘ngil aynishi, xushsizlanish kabi holatlarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zida tig‘iz vaqtda avtobusda o‘tirish uchun bo‘sh joy bo‘lsa ham odamlar quyosh sabab o‘sha bo‘sh joylarga o‘tirmaydi. Bu esa ortiqcha tiqilinchni yuzaga keltiradi. Hamma avtobuslarga kondisioner qo‘yish yoki ularni yangilarga almashtirish esa ko‘p mablag‘ va vaqt talab qiladi.

Amaldagi Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.4 bandida “Barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak”ligi belgilangan. Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transportlari, xususan, avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha so‘ndirishni taklif qilaman, deb yozgan murojaat muallifi. 

"Meningfikrim.uz" saytida keltrilishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga yuborilgan murojaat fuqarolarning kamida 10 000 ta ovozini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilgan murojaat kamida 5 000 ta ovozni, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuborilgan murojaat 1 000 ta ovozni to‘plashi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga yuborilgan murojaatni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish ularning reglamentlari bilan tartibga solinadi.

Oliy Majlis palatalari, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi va «Mening fikrim» veb-portalida joylashtiriladi.

Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi lozim.

Manba: everyday. uz

Kiritildi: 06:30 20.07.2019. O'qildi: 1987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!