Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ov qushlari savdosi bilan shug‘ullanish mumkinmi?

A A A
Ov qushlari savdosi bilan shug‘ullanish mumkinmi?

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz, ov qushlari savdosi bilan shug‘ullanish mumkinmi?

Javob:

Burgut, lochin va qirg‘iy kabi ov qushlarining oldi-sotdisi joiz. Garchi ularning go‘shti halol bo‘lmasada-da, ovda manfaatli jonzot hisoblanadi. Fiqhda bir qoida bor: Manfaat beradigan har qanday mulkning savdosi joiz. Chunki Alloh taolo "Baqara" surasining 29-oyatida: "U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsalarni yaratgan zot", deya marhamat qildi. Shuning uchun insonga manfaati bor hamma narsa halol bo‘ldi. Illo shariat man qilgan holatlar bundan mustasno. Bunday ov qushlari savdosini shariat harom qilmagan.

Ammo qarg‘a, kalxat kabi go‘shti yeyilmaydigan va ovda manfaat bermaydigan qushlarning ba’yi durust emas.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:13 21.07.2018. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik