Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda aytib o‘tildi.
“Shu bois, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga o‘rgatishda keng foydalanish vazifasi qo‘yildi. Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, prezident kasb-hunarga o‘qitish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash zarurligini ta’kidladi.