Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Otabek Umarov bilan sodir bo‘lgan YTHning ishtirokchisi: "Men tirikman"

Otabek Umarov bilan sodir bo‘lgan YTHning ishtirokchisi: "Men tirikman"

Ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov bilan sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisaning ishtirokchisi Bobir Mamatov ushbu YTHning qanday sodir bo‘lganligini so‘zlab berdi.

13 fevral kuni Pushkin metrosining atrofida kechki soat 18:00 - 18:30 larda  sodir bo‘lgan YTH Otabek Umarov motosikli bilan kelib urilgan "Epika" avtomobilining egasi Bobir Mamatov bo‘lgan.

"GAI xodimlari keldi, olib ketdi" degan xabarlarning barchasi yolg‘on hisoblanadi, - dedi B.Mamatov - Asosiysi, meni o‘lganim ham yolg‘on. Ollohga ming shukur men soppa-sog‘man.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zim haqimda turli yolg‘on ma’lumotlarni eshitdim, o‘qidim. Rostini aytsam, Otabek Umarovni o‘zim mashinamda kasalxonaga olib borganman. U xavotir oladigan darajada og‘ir jarohatlanmagan edi.

Otabek Umarovning yaqinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, u hozirda Janubiy Koreyada davolanmoqda. Shu kunga qadar ikki haftalik karantinda saqlangan. Bugun jarrohlik operasiyasi o‘tkazilgan.

Manba: rost24.uz

Kiritildi: 23:00 04.03.2021. O'qildi: 17902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!