Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Otabek Bozorov - Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari

Otabek Bozorov - Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari

2025 yil 27 may kuni Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, shu kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Otabek Bozorov jamoatchilikka rasman tanishtirilgan.

Tayinlovga qadar u Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimida — Ilm-fan va innovasion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, joriy yil aprel oyida Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etgan Akramjon Abduhamidov o‘rnini Zuhriddin Bahriddinov egallagani haqida xabar qilingan edi.

Kiritildi: 10:59 28.05.2025. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!