Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ota ozodlikdan mahrum etildi

Ota ozodlikdan mahrum etildi

Qonunchilikka ko‘ra, farzandlar moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilgandan so‘ng ikki oy davomida aliment mablag‘ini to‘lamasa jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bo‘ladi.

Bu borada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi ma’muriy amaliyot va surishtiruv sho‘’basi tomonidan tizimli ishlar olib borilib, jazo muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Chustlik M.R. dan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan ikki nafar bolasi uchun voyaga yetgunga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadidan aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan hamda qarzdor otaga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va davlat ijrochisi tomonidan qarzdor otaga aliment mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lash tushuntirilgan. Biroq, u aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va qarzdorlik 7 million 232 ming 763 so‘mga yetgan.

– Qarzdor ota moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, jazo qo‘llanilgandan so‘ng ham to‘lamaganligi oqibatida qarzdorlik 67,4 million so‘mni tashkil etgan, – deydi MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi Shavkat Qahhorov. – Qarzdor fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sudning hukmiga asosan 10 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 10:21 25.07.2024. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!