Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Osmondagi bolalar» filmidagi Javohir, Lola, Xurshid va Baxtiyor hozir qayerda? (video)

A A A
«Osmondagi bolalar» filmidagi Javohir, Lola, Xurshid va Baxtiyor hozir qayerda? (video)

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning «Osmondagi bolalar» filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Muzaffar Sa’dullayev «Osmondagi bolalar» filmidagi Javohir, Xurshid, Lolaning bugungi kundagi faoliyati haqida gapirib berdi.

Filmda Baxtiyor rolini ijro etgan, rejissyorimiz Zulfiqor Musoqovning o‘g‘li Temurni bilaman. Adashmasam, u 3 ta filmda rejissyor-postanovshik bo‘lib ishladi. Keyinroq esa tijoratga o‘tib ketdi. Hozirda u tijorat bilan band.

Javohir obrazidagi Aziz yigitimiz, oxirgi bilganim Ushu federasiyasida adashmasam master-sport edi, murabbiy bo‘lib ishlab yuribdi.

Xurshid obrazidagi Davron degan yigitimiz bilan oxirgi marta gaplashganimizda ‘Akfa’da ishlab yuribman, erta-indin Imzo’ga o‘tib ketaman’, degan edi.

Lola bilan oxirgi marta o‘tgan yili ‘Berlin Oqqo‘rg‘on’ filmining suratga olish jarayonlarida ko‘rishgan edim. Ayni vaqtda Lola ishlaydimi yoki uy bekasimi, aniq bilmayman. U turmushga chiqqan, uchta bolasi, oilasi bor.

Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, «Inson» kinostudiyasi rahbari

Kiritildi: 14:38 23.10.2019. O'qildi: 9904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!