Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Oskar" sovrindorlari Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlariga qo‘shilishdi

"Oskar" sovrindorlari Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlariga qo‘shilishdi

Fransiyalik aktrisa va “Oskar” mukofoti sovrindori Jyulyet Binosh Fransiyadagi pensiya islohotiga qarshi namoyishlarga qo‘shildi.

Shuningdek, "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz rejissyori Mishel Xazanavichus ("Rassom") Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronga pensiya loyihasini bekor qilishni talab qilib, ochiq jamoaviy xatni imzoladi.

"Siz adolatsiz, samarasiz va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga jiddiyroq ta’sir ko‘rsatuvchi pensiya islohotini o‘tkazishga qaror qildingiz. Islohotingizni mamlakat fuqarolarining mutlaq ko‘pchiligi rad etdi", — deyiladi maktubda.

Film ijodkorlarining murojaati Fransiyaning Liberation gazetasida 23-mart kuni mahalliy matbuotga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab milliondan ortiq odamni to‘plagan ommaviy norozilik namoyishlari arafasida chop etilgan.

Ish tashlashlar davom etayotganiga qaramay, o‘tgan hafta hukumat konstitusiyaning 49.3-bandidan foydalangan holda pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Kiritildi: 12:36 25.03.2023. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!