Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyo kubogi-2023. Qatar 1/8 finalga yo‘llanma oldi

A A A
Osiyo kubogi-2023. Qatar 1/8 finalga yo‘llanma oldi

Osiyo kubogi-2023 2-turi doirasidagi ikkinchi o‘yinda mezbon Qatar pley-off masalasini muddatdan avval hal qildi.

57 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan Qatar – Tojikiston o‘yinida mezbonlar qo‘shnilarimiz ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. 17-daqiqada Rustam Soirov raqib o‘yinchisi va hakam bilan to‘qnashgach, yaponiyalik referi o‘yinni to‘xtatmadi va hujum Afifning hisobni ochishi bilan yakunlandi – 1:0.

Hisobda ortda qolishiga qaramay o‘yinni nazorat qilishga uringan Tojikiston 81-daqiqada maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgach, mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi.

Shu tariqa, Qatar 6 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni naqd qilib, muddatdan oldin 1/8 finalga yo‘llanma oldi. Tojikiston esa 1 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi. Qatar so‘nggi turda Xitoyga qarshi o‘ynasa, Tojikiston Livan bilan o‘yin o‘tkazadi.

A guruhi. 2-tur

Tojikiston – Qatar – 0:1

Gol: 0:1 – 17 Afif.

Kiritildi: 22:00 17.01.2024. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!