Nashrning yozishicha, AQSh Eron bilan urush fonida sanksiyalarni yumshatganidan so‘ng Osiyo mamlakatlari Rossiya neftini sotib olishni qayta tikladi yoki hajmini oshirdi.
Filippin va Janubiy Koreya allaqachon Rossiya nefti va neft-kimyo mahsulotlarini qabul qilib oldi. Vyetnam va Shri-Lanka Rossiya energetika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Tailand va Indoneziya ham xaridlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bundan tashqari, Hindiston ham Rossiya nefti importini sezilarli darajada oshirgan.
Kpler tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida hind neftni qayta ishlash zavodlari kuniga 1 million barrel sotib olgan bo‘lsa, mart oyi oxiriga kelib bu ko‘rsatkich kuniga 1,9 million barrelgacha ko‘tarilgan.