Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oshxonadagi o‘g‘rilik: 586 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgan

Oshxonadagi o‘g‘rilik: 586 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.X.” MCHJ mas’ul shaxslari Farg‘ona shahridagi “S.” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasida oshxona uskunalarini tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 586,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:00 21.05.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!