Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Orenburgda 16 yoshli o‘zbekistonlik qiz osig‘liq holda topildi

Orenburgda 16 yoshli o‘zbekistonlik qiz osig‘liq holda topildi

Rossiyaning Buzuluk tumanidagi (Orenburg viloyati) posyolkalardan birida oilasi O‘zbekistondan ko‘chib kelgan 16 yoshli qiz osig‘liq holda topilgan.

Ma’lum qilinishicha, qizning oilasi joriy yilda O‘zbekistondan Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Sentyabrda qiz maktabga borgan, uning oilasi bo‘yicha hech qanday shikoyat tushmagan, oila migrasiya muddatlariga amal qilgan. Qiz ijobiy tomondan ta’riflangan.

Rossiya tergov qo‘mitasida balog‘atga yetmagan qizning o‘limi tasdiqlangan va bo‘lib o‘tgan voqea tafsilotlari va qizning yashash sharoiti, turmush tarzi qanday bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. Voqeaning sabablari hozircha o‘rganilmagan.

Kiritildi: 10:29 24.10.2018. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!