Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi majburiy safarbarlik masalasi Bryussel kun tartibiga chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.
Orbanning ta’kidlashicha, Budapesht Zakarpatiyada yashovchi vengrlarni Ukraina Qurolli Kuchlariga majburan jalb etilishini qabul qila olmaydi. Vengriya rasmiylari bu masaladan Zakarpatiyadan chiqqan bir vengr majburiy safarbarlik qurboni bo‘lganidan so‘ng jiddiy xavotir bildirgan.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Ukrainadagi majburiy safarbarlikni “odam ovlash”ga qiyosladi. Uning aytishicha, shu sababli majburiy safarbarlik uchun mas’ul bo‘lgan uch nafar ukrainalik harbiy qo‘mondonning Vengriya va butun Shengen hududiga kirishi taqiqlangan.
Sombatxey shahridagi saylovoldi tadbirida Orban, shuningdek, Zakarpatiyadagi barcha vengr oilalariga frontda yoki safarbarlik oqibatida yaqinlarini yo‘qotganlarga yordam ko‘rsatilishini va’da qildi.