Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Orban: "Rossiya-AQSh sammitini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda"

Orban: "Rossiya-AQSh sammitini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda"

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Budapeshtda Rossiya-Amerika tinchlik sammitiga mezbonlik qilishini kutmoqda.

Orban bu haqda Vashingtonga ketayotgan samolyoti bortida vengriyalik jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, ayni damda sammitni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.

Shuningdek, undan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan oxirgi marta qachon telefon orqali gaplashgani ham so‘ralgan. Bosh vazir bu 17 oktyabr kuni, Rossiya va AQSh prezidentlarining Budapeshtda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvi e’lon qilinganidan keyin bo‘lganini aytdi: “O‘shandan beri bunga ehtiyoj yo‘q edi, lekin zarurat tug‘ilsa, albatta, gaplashaman”.

Kiritildi: 08:00 07.11.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!