Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yana bir bor Yevropa Ittifoqiga keskin tanqidlar yog‘dirib, "ozodlikni sevuvchilar Sharqdan emas, balki Bryusseldan qo‘rqishlari kerak degan fikrga ko‘nikishlari kerak" deb ta’kidladi.
Deutsche Welle xabariga ko‘ra, siyosatchi bu bayonotni kecha o‘zining xalqqa yillik murojaatida, yaqinlashib kelayotgan parlament saylovlaridan oldin Yevropa Ittifoqining "bosqinchi mexanizmi"ni yo‘q qilishga va’da bergan.
"Putin haqida qo‘rquv uyg‘otish ibtidoiy va bema’nilik. Biroq, Bryussel aniq haqiqat va bevosita xavf manbai", deb ta’kidladi Vengriya rahbari, Yevropa Ittifoqini o‘tgan asrda Vengriyani o‘nlab yillar davomida boshqargan repressiv Sovet rejimi bilan taqqoslab.